Tush o‘ngidan kelsa

Assalamu alaykum! Hozir talabaman. Lekin talabalikdagi ba’zi voqealar ko‘zimga tanishdek ko‘rinadi va men buni “tush ko‘rganman” deb hisoblayman. Insonning kelajagi avvaldan yozib qo‘yilgan bo‘ladimi? Bunaqa voqealar ko‘p bo‘lib turadi. Bir ustozim tush haqida gap ketganda "tushning to‘g‘ri kelishi ilohiy ne’mat, hammaga ham berilmaydi" deb aytgandi. To‘g‘risi o‘zim ham juda hayron bo‘laman. Tush haqida batafsilroq bilimga ega bo‘lish uchun qanaqa kitobni tavsiya qilasiz? Asosiy savolim taqdir tush orqali bandaga bildirilishi mumkinmi? Agar bildirilsa banda(umuman hayotda) nima nima uchun yashaydi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! 2307- حَدّثنا نَصْرُ بنُ عَلِيّ، حدثنا عَبْدُ الوَهّابِ الثّقَفِيّ، حدثنا أَيّوبُ عن محمدِ بنِ سِيرِينَ عن أبي هُرَيْرَةَ قَالَ‏:‏ ‏"‏قالَ رَسُولُ الله صلى الله عليه وسلم‏:‏ إِذَا اقْتَرَبَ الزّمَانُ لَمْ تَكَدْ رُؤيَا المُؤْمِنِ تَكْذِبُ، وَأَصْدَقُهُمْ رُؤْيَا أَصْدَقُهُمْ حَدِيثاً، وَرُؤْيَا المُسْلِمِ جُزْءٌ مِنْ سِتّةٍ وَأَرْبَعِينَ جُزْءاً مِنَ النّبُوّةِ، وَالرّؤْيَا ثَلاَثٌ‏:‏ فالرّؤْيَا الصّالِحَةُ بُشْرَى مِنَ الله، والرّؤْيَا مِن تَحْزِينِ الشّيطانِ، وَالرّؤْيَا مِمّا يُحَدّثُ بِهَا الرّجُلُ نَفْسَهُ‏.‏ فإِذَا رَأَى أَحَدُكُمْ مَا يَكْرَهُ فَلْيَقُمْ وَلْيَتْفُلْ وَلاَ يُحَدّثْ بِهِ النّاسَ قَالَ‏:‏ وَأُحِبّ القَيْدَ فِي النّوْمِ وَأَكْرَهُ الغُلّ‏.‏ القَيْدُ‏:‏ ثَبَاتٌ في الدّينِ‏"‏‏.‏ قال‏:‏ وهذا حديثٌ حسنٌ صحيحٌ‏. Abu Hurayra roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi: Rosululloh sollallohu alayhi vasallam: “Qiyomat yaqinlashganda mo‘minning tushi yolg‘on chiqmay qo‘yadi, mo‘minlarning eng tushi to‘g‘risi, ularning rostgo‘ylarining tushlaridir. Musulmonning tushi payg‘ambarlikning 46 bo‘lagidan bir bo‘lakdir. Tush uch qismdir: Yaxshi tush Alloh tarafidan bashoratdir. Yana bir tush, shaytonning g‘amga solishidan iboratdir. Yana bir tush, kishi o‘ziga ko‘p gapirganidan ko‘riladigan tushdir. Qachon birortangiz o‘zi xushlamaydigan tushni ko‘rsa, o‘rnidan tursin va tuflasin(boshqa hadislarda chap tarafiga uch bor tuflasin deyilgan) va odamlarga uni so‘zlab bermasin. Men tushdagi zanjirni xush ko‘raman va kishanni karih ko‘raman. Zanjir – dinda sobit bo‘lishdan iboratdir”. Termiziy rivoyati.‏ Vallohu a’lam.

26 May 2022, 16:48 | Savol-javoblar | 185 | Turli savollar
|
Boshqa savol-javoblar