Jaxl ustida berilgan ming taloq
Assalomu alaykum! Bir akamni iltimosiga binoan yozdim. Jaxl ustida berilgan ming taloqni xukmi qanday bo‘ladi? Onamdan narsasini (tefal) qizg‘onganda jaxl ustida janjal vaqtida ayolim javobimni bering degan vaqtda taloqsan, yuz taloq, ming taloq deb javobini olgan. Bu masalaning echimi qanday bo‘ladi? Ikkalamizning xam birga yashashga xoxishimiz bor. Shu masalada yordam berishingizni so‘raymiz.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Oraga uch taloq tushgan.
Er kishi o‘z ayolini bir taloq yoki ikki taloq qilsa, qaytadan yarashishi mumkin. Ammo uch taloq qilgandan keyin o‘sha er uchun u ayol vaqtinchalik haromga aylanadi. Qur’oni Karimning hukmiga binoan, u ayol boshqa erga tegib, bu eri bilan tabiiy holatda o‘lim yoki taloq tufayli ajrashgandan keyingina birinchi erga nikohi halol bo‘ladi. Buning uchun, albatta, u ayol ikkinchi er bilan er‑xotin bo‘lib yashashi shart. Ikkinchi er jinsiy aloqaga qodir emas kishi bo‘lsa, ayol qaytadan birinchi erga halol bo‘lmaydi. Nikoh to‘g‘ri nikoh bo‘lishi ham shart qilingan. (“Baxtiyor oila” kitobidan). Vallohu a’lam!
25 May 2022, 21:18 | Savol-javoblar | 159 | Oila va turmush