Odam qurqganida qanaqa duoni uqishi kerak?
Assalomu alaikum Shayx hazratlari,Odam qurqganida qanaqa duoni(duolarni) uqishi kerak?oldindan javobingiz uchun rahmat.
Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf rohimahulloh:
QO‘RQINCh VA UYQUSIZLIKNI MAN QILUVChI DUOAmr ibn Shu’aybdan, u otasidan, u bobosida roziyallohu anhumdan rivoyat qilinadi:«Rasululloh sollallohu alayhi vasallam sizlardan biringiz uyqusida qo‘rqsa «A’uuzu bikalimatillahit taamaati min g‘azabihi va iqobihi va sharri ibodihi va min hamazatish shayatiyni va an yahzuruni» desin. Shunda unga ular zarar etkaza olmaydilar», dedilar.Ibn Umar o‘shani bolalaridan balog‘atga etganiga ta’lim berar, balog‘atga etmaganlariga esa bir narsaga yozib bo‘yniga osib qo‘yar edi».Sunan egalari rivoyat qilgan.O‘qishni, yodlashni biladigan bolalarga kerakli Qur’on va Sunnatdan olingan duolarni yodlatmoq kerak. Agar bola kichkina bo‘lsa unga mazkur duolarni yozib osib qo‘yishga ushbu rivoyat dalil bo‘ladi. Ammo buni zinhor va zinhor tumor ila almashtirmaslik lozim.Xolid ibn Valid roziyallohu anhu Nabiy sollallohu alayhi vasallamga shikoyat qilib:«Ey, Allohning Rasuli! uyqum qochib, kechasi bilan uxlamay chiqaman», dedi.«Qachon yotar joyingdan o‘rin olsang «Allohumma, Robbas samavatis sab’i va maa azallat va Robbal araziyna va maa aqallat, va robbash shayyatiyna va maa azollat. Kun liya joran min sharri xolqika kullihimi jamiy’an an yafruta alayaya ahadun av an yabg‘iya alayaya. Azza joruka va jalla sanouka va laa ilaha g‘oyruka va laa ilaha illa anta», degin», dedilar».Termiziy rivoyat qilgan.Ushbu hadisi sharifda kelgan duoning tarjimasi-Ey, Allohim! Ey, etti osmon va ular soyasidagi narsalarning va erlaru, ular ko‘targan narsalarning hamda shaytonlaru ular adashtirganlarning Robbisi! Menga O‘ziningning barcha maxluqotlaring sharridan ulardan birortasi menga yomonlik yoki dushmanlik qilmasligi uchun himoyachi bo‘l! Sening himoyang azizdir va sanoing ulug‘dir. O‘zingdan boshqa iloh yo‘q! Faqat Sening O‘zinggina ilohi ma’budsan.Uyqusizlik dardiga chalinganlar ushbu duoni yodlab olib ixlos bilan o‘qib yotsalar yaxshi bo‘ladi.
30 Aprel 2022, 22:47 | Savol-javoblar | 164 | Boshqa ibodatlar