Ayolning uyda o‘tirishi
Assalomu alaykum! Alloh sizlardan rozi bo‘lsin. Ayollarning uyda o‘tirishi(yaxshiligi) haqidagi hadis bo‘lsa taqdim qilishingizni iltimos qilaman.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Vaalaykum assalom! Alloh taolo erkak bilan ayolni mijozini turlicha qilib yaratgan va shu mijoziga qarab ularga vazifalar yuklagan. Biri qilgan ishni boshqasi a’lo darajada bajara olmaydi. Hatto biri qilganini boshqasi qilishini shariat ayb sanaydi. Nafaqat shariat balki sog‘lom aql ham uni ayb sanaydi. Har kim o‘ziga ajratilgan vazifani qilsa yuksak natijalarga erishiladi. Shariatimiz uy ichkarisidagi ishlarni ayol kishi zimmasiga yuklagan. Bularning eng sharaflisi va mas’uliyatlisi jamiyatga sog‘lom, jasur, fidoiy hamda ma’naviy etuk farzandlarni tarbiya qilishdir. Shunga yarasha Alloh taolo ayol kishiga farzandga nisbatan mehr-muhabbat, sabr va bolashunoslikni bergan. Bu narsalar otada ham bor, lekin onadagidek mukammal emas. Alloh taolo Qur’on karimda Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning ayollariga nisbatan وَقَرْنَ فِي بُيُوتِكُنَّ وَلَا تَبَرَّجْنَ تَبَرُّجَ الْجَاهِلِيَّةِ الْأُولَى وَأَقِمْنَ الصَّلَاةَ وَآتِينَ الزَّكَاةَ وَأَطِعْنَ اللَّهَ وَرَسُولَهُ إِنَّمَا يُرِيدُ اللَّهُ لِيُذْهِبَ عَنكُمُ الرِّجْسَ أَهْلَ الْبَيْتِ وَيُطَهِّرَكُمْ تَطْهِيرًا 33. Uyingizda qaror toping. Ilgarigi johiliyatning ochiq-sochiqligi kabi ochiq-sochiq yurmang. Namozni to‘kis ado eting, zakot bering, Allohga va Uning Rasuliga itoat qiling. Albatta, Alloh sizdan kirlikni ketkazib, butunlay poklashni iroda qiladi, ey ahli bayt!
Ushbu oyatda yana mo‘minlarning onalariga – Nabiy sollallohu alayhi vasallamning ayollariga bir necha amr yo‘llanmoqda:
«Uyingizda qaror toping».
Albatta, barcha mo‘minalarga o‘rnak bo‘ladigan onalarimizga viqorlarini saqlab, uylarida o‘tirish amr qilinmoqda. Bundan Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallamning ayollari uydan chiqishlari mumkin emas ekan, degan fikr tushunilmaydi. Ushbu oyati karimalar nozil bo‘lganidan keyin ham onalarimiz uylaridan chiqqanlar. Nafaqat uydan chiqqanlar, balki uzoq-uzoq safarlarga ham borganlar.
Misol uchun, Ummu Salama onamiz Rasuli Akram sollallohu alayhi vasallam bilan birga Hudaybiyaga borganlar. Oisha onamiz ham u zot bilan birga hajga borganlar. Nabiy sollallohu alayhi vasallamdan keyin ham uydan chiqqanlar, safarlarga borganlar. Bu erda, musulmonlarning odati bo‘yicha, ayol kishining asosiy joyi uy bo‘lishi kerakligiga ishora qilinmoqa. Ayniqsa, mo‘minlarning onalari bo‘lmish Nabiy sollallohu alayhi vasallamning ayollari uchun viqor bilan uylarida o‘tirishlari, sababsiz ostona hatlab chiqmasliklari ziynat va fazilatdir.
«Ilgarigi johiliyatning ochiq-sochiqligi kabi ochiq-sochiq yurmang».
Johiliyat – Islomdan oldingi tuzum. U vaqtda ayollar ochilib-sochilib, yasan-tusan qilib, erkaklarning e’tiborini o‘ziga tortishga intilar edilar. O‘zlarini bozorga solib, tanalari va zebu ziynatlarini ko‘z-ko‘z qilar edilar. Bunday ochilib-sochilib yurish «tabarruj» deyiladi. Alloh taolo Nabiy sollallohu alayhi vasallamning pokiza ayollarini johiliyat tuzumining xotinlari kabi ochiq-sochiq yurmaslikka amr etmoqda. Bu amr har bir muslima ayolga tegishli, lekin har bir muslimaga o‘rnak bo‘ladigan onalarimizga yanada ko‘proq tegishli ekan.
«Namozni to‘kis ado eting...»
Namozni to‘kis ado etish eng zarur amallardan biridir. Ayniqsa, ayol kishilar uchun yana ham ahamiyatli. Chunki farzandlar doimo ular bilan bo‘ladi. Ayolning namozni to‘kis ado etishi bola tarbiyasiga so‘zsiz ta’sir qiladi. ("Tafsiri Hilol" kitobidan). Vallohu a’lam!
26 May 2022, 04:48 | Savol-javoblar | 152 | Hadislar