Mahsulotimni yolg‘on gapirib sotsa

Assalomu alaykum! Savol: Men bozorda shim sotaman. Bozorimizdagi boshqa hamkasblarga xaridor kelsa, xaridorga yoqqan shimdan xaridorning o‘lchamidagisi bo‘lmasa, xaridor o‘zi “birorta qo‘shningizdan bo‘lsa ham topib bering” deydi. Yoki sotuvchining o‘zi “sizga loyiq keladiganini topib kelaman”, yoki shunga o‘xshash gapni aytadi. Sotuvchi esa meni oldimga kelib, menda shu razmer bo‘lsa olib ketadi. Men unga narxini aytaman, sotib pulini olib keladi. Ularga doim “rost gapirib sotinglar” deb aytaman, lekin ular rost gapirib sotdim yoki yolg‘on gapirdimi anig‘ini bilmayman. Shu holatda nima qilishim kerak? Agar ular yolg‘on gapirgan bo‘lsa mening pulimga harom aralashib qolmaydimi? Shu ishni davom ettiraveraymi? Alloh taolo barchamizga xayrli oqibat bersin. Alloh taolo sizlarga O‘zi yordamchi bo‘lsin.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
“fiqh.uz” dagi “o‘zida bo‘lmagan molni sotish” nomli maqolani o‘qing. https://fiqh.uz/index.php/ibodat/moliya/savdo/224-molni-lga-olmasdan-sotish

26 May 2022, 16:55 | Savol-javoblar | 148 | Turli savollar
|
Boshqa savol-javoblar