Jin tegsa

Assalomu alaykum! Onam bundan 9 yil oldin vasvasa bo‘lib kasal bo‘lganlar, ya’ni jin ilashgan. Keyin bir odamga o‘qitsak bo‘ynizga olasiz va bitta induk so‘yasiz dedi va biz so‘ydik. Shundan beri oyim yaxshi bo‘lgan, lekin odamlarni oz-moz o‘qiydi. Asosan qo‘shnilarni. Men yaqinda eshitdim bu xato ekan, chunki Allohdan boshqaga atab so‘yilgan narsa xarom, balki odamni kofir qilishi xam mumkun ekan. Shuning uchun sizlardan iltimos to‘g‘ri yo‘lni ko‘rsatinglar.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Ha, jinlar hozirgi kundagi ba’zi odamlar kabi insonni masjiddan, namoz o‘qishdan, Qur’on o‘qish va o‘qitishdan qaytaradi. O‘zlariga sig‘inishga majbur qiladi. Ularga quloq solmaslik kerak, Allohning buyurganlarini qilish kerak. Shar’iy ruqiya solinsa ham ular zarar etkaza olishmaydi. Jin uchun atab narsa so‘yish bir nopok inson o‘ziga sajda qilishga buyursa unga sajda qilishga o‘xshaydi. Tavba qilinglar, onangizni shar’iy ruqiya o‘qiydigan odamni topib o‘qitinglar, u kabi ishlarni qilmasinlar. Vallohu a’lam!

2 May 2022, 08:32 | Savol-javoblar | 173 | Dolzarb savollar
|
Boshqa savol-javoblar