Isrof qilmaslik uchun

Sizni yana bezovta qilayapman. Avval savolni berishda biroz noaniqlik qilgan ekanman. Avvalgi savolimdan eslatma. Savol: Biz mehmonxonada ishlaymiz. Asosiy mijozlarimiz G‘arb mamlakati fuqarolari, ya’ni musulmon emas. Ularga nonushta xizmatini joriy etganmiz. Ko‘pincha ular nonushtaning ba’zi qismini qoldiradi. Masalan, nonning yarmini eydi va qolgani qoladi, yoki turli eguliklarning bir qismini tanovul qiladi, qolganini qoldirib ketadi. Biz shu vaqtgacha qolgan qismini “menimcha ularda halollik yo‘q” deb o‘ylab emay kelganmiz. Chunki, nonushtadan avval yuz-qo‘llarini ham yuvmaydiganlari bor. Shu sababdan tashlab yuborishga majbur bo‘lmoqdamiz. Bizning bu tashlab yuborishimiz isrof emasmi? O‘sha qolgan narsalarni boshqa mehmonlarga berish joizmi? Yoki hayvonlarga bergan afzalmi? Mehmonxona oilamizga qarashli hisoblanadi. Siz javobda "Mehmonxona egalari bilan maslahatlashish kerak" debsiz. Barcha xizmatlarni o‘zimiz amalga oshiramiz. Iltimos maslahat bersangiz, mehmonlardan qolgan eguliklarni tashlab yuborsak isrof bo‘lmaydimi? Hurmatli hazrat, iltimos mana shu masalada diynimiz qanday yo‘l tutishni ma’qullaydi?
Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf rohimahulloh:
Ya’ni, mehmonxona egalari, “biz rozimiz, olib ketaveringlar yoki ishimiz yo‘q o‘zlaring bilasizlar” deyishi kerak. Chunki narsa ularniki.

26 May 2022, 17:00 | Savol-javoblar | 159 | Turli savollar
|
Boshqa savol-javoblar