Roj’iy taloqdan keyin yarashish

Men 14 oydan beri Rossiyada ishlayman. Men bu erga ishlagani yangi kelgan paytimda, ayolim telefonda dugonalari bilan gaplashib yurib, ota-onamni xafa qilar ekan. Keyin men unga bir taloqni niyat qilib, “telefon ishlatsang senga taloq tushadi” dedim. Keyin gapimga quloq solmay telefon ishlatdi. Oramizga roj’iy taloq tushgandi. Shundan keyin u bilan bir oy telefonda gaplashmadim. Bir oydan keyin telefon qilib, “seni yaxshi ko‘raman, seni xohlayman” degan so‘zlarni aytib, yana yaxshi bo‘lib ketdik. Hozir ayolim va qizimni yonimga olib kelmoqchiman. Ular kelganidan keyin qayta nikoh o‘qitishim kerakmi?
Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf rohimahulloh:
Iddasi chiqmay turib, qaytganingiz uchun, yangi aqdi nikohning hojati yo‘q.

26 May 2022, 17:01 | Savol-javoblar | 179 | Turli savollar
|
Boshqa savol-javoblar