Yolg‘on guvoxlik berish

Assalomu alaykum! Bir yoki bir nechta inson raxbarni g‘araz niyatdagi manfati uchun, raxbarning gapiga kirib ko‘rmagan va eshitmagan narsani o‘z ko‘zim bilan ko‘rdim o‘z quloqlarim bilan eshitdim deb yolg‘on guvoxlik bersa bu inson qanday inson bo‘ladi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Rasululloh sollallohu alayhi vasallam hadislarida bundan qattiq qaytarganlar. عَنْ أَنَسٍ رَضِي اللهُ عَنْهُ قَالَ: سُئِلَ النَّبِيُّ  صَلَّى اللهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ عَنِ الْكَبَائِرِ، قَالَ: «الْإِشْرَاكُ بِاللهِ، وَعُقُوقُ الْوَالِدَيْنِ، وَقَتْلُ النَّفْسِ، وَشَهَادَةُ الزُّورِ». تَابَعَهُ غُنْدَرٌ وَأَبُو عَامِرٍ وَبَهْزٌ وَعَبْدُ الصَّمَدِ عَنْ شُعْبَةَ Anas roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi:
«Nabiy sollallohu alayhi vasallamdan katta gunohlar haqida so‘rashdi. U zot: «Allohga shirk keltirish, ota-onaga oq bo‘lish, odam o‘ldirish va yolg‘on guvohlik berish», dedilar».  عَنْ عَبْدِ الرَّحْمَنِ بْنِ أَبِي بَكْرَةَ، عَنْ أَبِيهِ رَضِي اللهُ عَنْهُ قَالَ: قَالَ رَسُولُ اللهِ صَلَّى اللهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ: «أَلَا أُنَبِّئُكُمْ بِأَكْبَرِ الْكَبَائِرِ؟» قُلْنَا: بَلَى يَا رَسُولَ اللهِ. قَالَ: «الْإِشْرَاكُ بِاللهِ، وَعُقُوقُ الْوَالِدَيْنِ». وَكَانَ مُتَّكِئًا فَجَلَسَ فَقَالَ: «أَلَا وَقَوْلُ الزُّورِ وَشَهَادَةُ الزُّورِ، أَلَا وَقَوْلُ الزُّورِ وَشَهَادَةُ الزُّورِ». فَمَا زَالَ يَقُولُهَا حَتَّى قُلْتُ: لَا يَسْكُتُ  Abdurrahmon ibn Abu Bakra otasi roziyallohu anhudan rivoyat qiladi: 
«Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Hoy! Sizlarga kabiralarning eng kattasini ma’lum qilaymi?» dedilar. «Ha, ey Allohning Rasuli» dedik. «Allohga shirk keltirish, ota-onaga oq bo‘lish», dedilar. U zot suyanib o‘tirgan edilar, o‘tirdilar-da: «Hoy, yolg‘on so‘z va yolg‘on guvohlik berish ham! Hoy, yolg‘on so‘z va yolg‘on guvohlik berish ham!» dedilar. U zot buni aytaverdilar, hatto to‘xtamasalar kerak, deb qoldim». ("Oltin silsila" kitobidan "Sahihul Buxoriy"). Vallohu a’lam!

10 May 2022, 13:47 | Savol-javoblar | 145 | Turli savollar
|
Boshqa savol-javoblar