Uskunalarni sotib olish

Assalomu alaykum! Hurmatli ustozlar, Rossiyada yigitlar qurilish soxasida ishlaydi. Ularga ishxona tomonidan ombir, otvyortka asboblari berib turilarkan. Ma’lum vaqtdan keyin u asboblar eski deb yana yangi berarkan. Yigitlar yangini olib qo‘yib eskini ishlatib yuradi, lekin eski ham ishga yaraydi. Endi yigitlar shu ishxona bergan yangi asboblarni sotsa biz olsak bo‘ladimi? Agar sotib olgan bo‘lsak nima qilaylik?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! Bo‘lmaydi. Asbob-uskunalarni olib berganlardan rozilik so‘rash kerak. Vallohu a’lam!

1 May 2022, 15:36 | Savol-javoblar | 153 | Dolzarb savollar
|
Boshqa savol-javoblar