Savdodagi tushunmavchilik
Assalomu alaykum! Bir ayol bilan savdo sotiq qilaman, u ayol postavik menga boshqa davlatdan tovar yuboradi albatta xar bir tovarga usluga qo‘yib. Savdo yo‘q zakaz kam, ancha arazlab sen birov bilan ishlayapsan deb xafa bo‘ldiyu xisob kitobimizi qiyomatga qo‘yaman deb chyornыylab tashadi. Meni undan qarzim bormi yo‘qmi bilmayman xam, chunki u ayol xisoblamagandi xali. Allohga soldim deydi. Rosa g‘alati vaziyatda qoldim. Eng extiyot bo‘lgan ishlarimdan biri insonni ko‘nglini og‘ritish edi. Sizdan pul olmiman qarz qiyomatga qoldi deydi. U ayolni bunday gaplarni yozishi to‘g‘rimi? Men bu darajada gap eshitadigan ish qilganim yo‘q. Men uni shaxsiy ishchisiyammasman. Qaerda kim bilan ishlasam xaqqim bor. Bu bozor, bu savdo. Men qanday yo‘l tutsam ma’qul? Ancha diqqatman.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Hisob-kitob qiling va haqqini o‘ziga topshiring. Siz pulini berishga tayyor tursangizu u o‘zicha “qiyomatga qoldirdim” desa bu gapi o‘tmaydi. Vallohu a’lam!
14 Dekabr 2023, 12:56 | Savol-javoblar | 0 | Moliya va tijorat