Xristian dinidagi do‘stim Islomga qiziqmoqda

Mening bir ishbilarmon do‘stim bor. E’tiqodi xristian dinida, millati qirg‘iz. O‘zi Moskvada tug‘ilib o‘sgan, ayoli ham rus. Juda uddaburon, aqlli va fikrga boy bo‘lib, ba’zan falsafiy ilmlarga qiziqadi. Yaqin kunlarda “biz nima uchun ishga boramiz?” deb menga bir savol berdi. Shunda men “insoniyat Allohga ibodat qiladi va er yuzini obod qilishga yaratilgan” dedim. Lekin uni bu qoniqtirmadi. Shunda mendan Islomni yaxshi biladigan odam bilan gaplashishni xohlayotganini aytdi. Men siz haqingizda aytdim. Do‘stim mendan sizning kitoblaringizdan birortasini jo‘natishimni so‘radi. Men unga shu oyning 18-sanasida o‘zim olib boraman deb, “Iyman, Islam, Kur’an” kitobingizni oldim. Bugun menga sms orqali bir bahsni jo‘natdi va bu bahs borasida sizning fikringizga qiziqdi. Bu bahs quyidagicha: Professor talabalariga savol berdi -Er yuzidagi barcha narsani Xudo yaratganmi? deb. Shunda talabalardan biri o‘rnidan turib, “Ha” professor Xudo yaratgan dedi. Professor talabaga qarab, yana savol berdi, -Yovuzlik va yomonlik bor narsami?- talaba - ha professor, deb javob berdi. - Unday bo‘lsa, yovuzlik va yomonlikni ham Xudo yaratgan shundaymi? demak Xudo yomon(astag‘firulloh) deb uni kalaka qiladi va “Xudo bu afsona” deydi. Shunda talabalardan boshqa biri qo‘lini ko‘tarib, “professor sizga savol bersam maylimi” dedi, va “Professor sovuqlik bor narsami”? deb so‘radi - ha bor, deb javob berdi professor - javob noto‘g‘ri janob, sovuqlik bu issiqlikning yo‘qligidir va fizika fanidan misollar keltirib yana savol berdi. Janob qorong‘ulik mavjudmi? Professor - ha, mavjud. Talaba - javob noto‘g‘ri janob, qorong‘ulik bu yorug‘likning yo‘qligidir, - yovuzlik ham shu kabi yo‘q narsa, Inson qalbida Xudoning yo‘qligi dedi. - Yomonlik mavjud emas, ser, yoki har holda, u o‘zi uchun mavjud emas. U ham qorong‘ilikka va sovuqqa o‘xshaydi. Yomonlik – bu Xudoning yo‘qligini ta’riflash uchun inson o‘ylab topgan so‘z. Yomonlik, yorug‘lik va issiqlik kabi mavjud bo‘lgan ishonch yoki muhabbat emas. Yomonlik inson yuragida Xudoga bo‘lgan muhabbatning yo‘qligi natijasidir. Bu xuddi sovuqlikka o‘xshaydi, issiqlik bo‘lmaganida keladi, yoki qorong‘ilikka o‘xshaydi, yorug‘lik bo‘lmaganida keladi. Bu talabaning ismi Albert Enshteyn edi.
Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf rohimahulloh:
Bu dindan xabari yo‘qlarning o‘y surishi. Mening kitoblarimni o‘qisin.

26 May 2022, 17:09 | Savol-javoblar | 163 | Turli savollar
|
Boshqa savol-javoblar