Xato yo‘l tutmaslik uchun

Dunyoviy masala yuzasidan savol berayotganim uchun uzr so‘rayman. Zero men hali hayotning past balandiga unchalik ham aqli etadigan yoshda emasman va siz muhtaram zotning maslahatiga o‘ta ehtiyojim bor. Toshkentda musofirman. Uylanmaganman. Yoshim 28 da. Gap shundaki ijaraga uy olib, mustaqil, bir o‘zim yashayman. Kasbim jurnalist bo‘lgani va doimiy aqliy mehnatda ishlaganim uchun shuni zarur deb hisoblaganman. Buning ustiga ko‘pchilik bilan ola-ta’sirda yashagim kelmaydi. Uy haqi 200 dollar. Berishga qurbim etib turibdi. Ammo oxirgi kunlarda, bu ishim bilan xato qilmayapmanmi, pulni tejab, to‘g‘ri kelgan arzonroq joyda yashaganim ma’qulmi, degan savollar qiynab tashladi. Iqtisodiy nochor ahvolda emasman shukur, har oy oz-ozdan bo‘lsada uyga pul jo‘natib turishga ham qurbim etib turibdi. Ota-onam ixtiyorni o‘zimga berishgan. Nima yo‘l tutay Hazrat? Nima qilsam to‘g‘ri bo‘ladi? Allohga tavakkal etib shunday yashayveraymi? Men uchun moddiyat ikkinchi masala, ammo xato qilib qo‘ymay deyman.
Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf rohimahulloh:
Ixtiyor o‘zingizda.

26 May 2022, 17:09 | Savol-javoblar | 140 | Turli savollar
|
Boshqa savol-javoblar