Boshqa yurtda bo‘lganda qaysi mazhabda namoz o‘qiladi

Ustoz men yaqinda chet elga (Birlashgan Arab Amirliklari) 1 yilga ishga ketmoqchiman (Inshalloh), o‘sha davlatda bo‘lgan paytimda men jamoat namozini qaysi mazhabda o‘qishim kerak?
Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf rohimahulloh:
Har xil. Erliklar molikiy mazhabida. Ammo imomlarning ko‘pi boshqa erlardan kelganlar. Siz imomga ergashib o‘qiyverasiz. Mo‘’tabar to‘rt mazhab odamlari bir-birlariga iqtido qilaveradilar. Sunnat namozlarni o‘zimizning mazhabda o‘qiysiz.

26 May 2022, 23:30 | Savol-javoblar | 161 | Ibodatlar
|
Boshqa savol-javoblar