Qurbonlik go‘shtni o‘zi esa ham bo‘ladimi

Assalomu alaykum! Ko‘p bora eshitishimcha bir nechta kishi bir bo‘lib bir buqa qurbonlik qilmoqchi bo‘lsa, ulardan bittasi go‘shtni niyat qilsa qurbonlik xech qaysinisidan qabul bo‘lmaydi. savolim shundaki bu yil Alloh raxmatiga olgan bo‘lsin otamning nomidan qo‘chqor qurbonlik qilish niyatimiz bor. Boshqa vaqtda qo‘y so‘yib exson qilmoqchi edik ammo, savobi ko‘p bo‘lsin deb qurbon xayitida qurbonlik qilishni niyat qildik. Qurbonlikni 3 ga taqsimlab 3 dan birini o‘zimizga olib qolmoqchimiz. 3 dan 2 qismini exson qilib tarkatmoqchimiz. 3 dan birini o‘zimiz uchun olish niyatimiz borligi uchun qurbonligimiz to‘g‘ri bo‘ladimi? Go‘shtni niyat qilgan bo‘lib qolmaymizmi? 
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! To‘g‘ri bo‘ladi. Qurbonlikni niyat qilgan kishi qurbonlikning go‘shtini o‘zi iste’mol qilishi uchun olib qo‘ysa, go‘sht niyatida qilgan bo‘lmaydi. Vallohu a’lam!

9 May 2022, 08:47 | Savol-javoblar | 142 | Ibodatlar
|
Boshqa savol-javoblar