Bitta erkak guvoh bilan o‘qilgan nikoh

Assalomu alaykum! Biz turmush o‘rtog‘im bilan 2 yilcha oldin ba’zi bir sabablarga ko‘ra janjallashib qolgan edik. Shunda ular meni uydan xaydab boshqa kelmasligimni va kelsam oyog‘imni urib sindirishlarini aytdilar va ota uyimga olib bordilarda, fikrlaridan qaytib uylariga olib ketdilar. Bu voqeadan so‘ng bitta farzandlik bo‘ldik. Lekin men o‘sha voqeadan so‘ng taloq tushgan deb, xo‘jaynimga aytib, masjidda qaytadan nikoh o‘qittirdik. Nikox o‘qilayotganda bittagina erkak kishi guvox bo‘ldi. Manbalarda o‘qisam guvox 2 ta bo‘lishi yozilgan ekan. Yana ko‘nglim g‘ash. Aytingchi bizning nikoximiz durustmi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
- Va alaykum assalom! Nikoh o‘qiyotgan kishi bilan yana bitta guvoh bo‘lsa kifoya qiladi. Vallohu a’lam!

26 May 2022, 02:53 | Savol-javoblar | 155 | Oila va turmush
|
Boshqa savol-javoblar