Bolani desinmi yoki erni?

Hazrat, bir ayol mendan savol so‘rab berishimni iltimos qilgandi. U ikkinchi xotin bo‘lib, eri og‘ir ahvolda yashaydi. U ayol oldin parda tikib o‘zini kunini o‘zi ko‘rar edi. Ammo bolali bo‘lganidan keyin eriga muhtoj bo‘lib qoldi. Bolasini doktorlar “nimjon, raxit, cherepnoy davleniya keyin oyog‘ini bosolmaydi, davolating” deyishibdi. Ammo eri “bola sog‘lom, o‘zini o‘zi eplab ketadi, uydan chiqmang, erga itoat qiling” debdi. Eri shol, qizamiq, qizilcha kabi kasallarga qarshi emlashni “bu shariatda harom” deb aytibdi. Ayol “nima qilay, uydan chiqsam erga itoatsizlik qilgan bo‘lamanmi?” deb so‘rayotgandi. Bolaning sog‘ligi borasida bir-birlari bilan tortishadigan bo‘lib qolgan.
Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf rohimahulloh:
Ayol haq. Bolaning sog‘ligi uchun ikkisi birgalikda harakat qilishsin.

26 May 2022, 17:15 | Savol-javoblar | 162 | Turli savollar
|
Boshqa savol-javoblar