Qasd olish
Assalomu alaykum! Bir firibgar insonning qilmishi oqibatida menga hamda oilamga zarar etdi. Hozirda men va oilamga etkazgan zararicha unga ham zarar etkazsam joizmi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! Joiz emas. Mol-mulkingizni tortib olgan bo‘lsa, o‘shancha mol-mulkni olishga haqqingiz bor. Undan avval biror ilmli inson huzurida holatingizni unga bayon qiling. Alloh taolo “Baqara” surasida marhamat qiladi : الشَّهْرُ الْحَرَامُ بِالشَّهْرِ الْحَرَامِ وَالْحُرُمَاتُ قِصَاصٌ فَمَنِ اعْتَدَى عَلَيْكُمْ فَاعْتَدُواْ عَلَيْهِ بِمِثْلِ مَا اعْتَدَى عَلَيْكُمْ وَاتَّقُواْ اللّهَ وَاعْلَمُواْ أَنَّ اللّهَ مَعَ الْمُتَّقِينَ 194. Harom oyga harom oy. Harom qilingan narsalarda qasos bor. Kim sizga tajovuz qilsa, siz ham unga qilgan tajovuziga o‘xshash tajovuz qiling. Va Allohga taqvo qiling hamda bilingki, albatta, Alloh taqvodorlar bilandir. Oyati karimadagi «Ashshahrulharomu» deb kelgan ta’birni «harom oy» deb tarjima qildik. «Harom oy» degani «urush harom qilingan oy» deganidir. Alloh taolo Harami sharif hududini tinchlik-omonlik makoni qilib qo‘yganidek, Zulqa’da, Muharram va Rajab oylarini tinchlik-omonlik zamoni qilib qo‘ydi. Ushbu oylarda urush qilib bo‘lmaydi. Johiliyat ahli ham bu hukmga qattiq rioya qilar edilar. Ular yil davomida turli bahonalar topib, bir-birlari bilan qirpichoq bo‘lib urushsalar ham, (urush) harom qilingan oylar kelib qolsa, taqqa to‘xtab qolar edilar. Hatto o‘sha oylarda otasi yoki bolasini o‘ldirgan odam oldidan o‘tsa ham, unga tegmas edilar. Ammo mushriklar Nabiy alayhissalom boshliq musulmonlar Madinai Munavvaradan Zulqa’da oyida – urush harom qilingan oyda umraga kelganlarida, ularning yo‘llarini to‘sdilar va urush qilmoqchi bo‘ldilar. Ushbu oyati karima ularning taraddudlariga javob bo‘lib keldi. «Harom oyga harom oy», ya’ni kim urush harom qilgan oyning hurmatini buzsa, unga bu oy bergan hurmatlar bekor qilinadi. Agar u bu oyni hurmat qilmay, urush boshlasa, unga qarshi urush qilinadi. «Harom qilingan narsalarda qasos bor», ya’ni harom qilingan narsani kim qanday buzsa, unga o‘shanga yarasha jazo beriladi, undan qasos olinadi. Musulmonlarga qarshi urush ochib, harom qilingan narsani buzib, tajovuzkorlik qilganlardan o‘ch olinadi. Ammo o‘ch olishda ma’lum chegara bo‘lib, musulmonlar undan chiqmaydilar. Qilgan dushmanligiga yarasha javob qilinadi, oshirib yuborilmaydi yoki kamaytirib qo‘yilmaydi: «Kim sizga tajovuz qilsa, siz ham unga qilgan tajovuziga o‘xshash tajovuz qiling». Albatta, bu ishlarni amalga oshirish qiyin, ayniqsa, dushmanlik qilib, achchiqni chiqargan odam bilan bo‘ladigan muomalada. Shuning uchun ham taqvo zarur. Allohdan qo‘rqadiganlargina bunday ulkan ishni amalga oshirishlari mumkin. Shuning uchun ham oyatning oxirida: «Va Allohga taqvo qiling hamda bilingki, albatta, Alloh taqvodorlar bilandir», – demoqda. E’tibor beradigan bo‘lsak, nafaqat Allohga ibodat qilganda yoki odamlar bilan muomala qilganda, balki dushman bilan urushayotganda ham taqvo zarur ekan. Alloh taolo urush haqidagi oyati karimani ham taqvoga amr qilish bilan yakunlamoqda. (“Tafsiri Hilol” kitobidan). Vallohu a’lam!
26 May 2022, 12:04 | Savol-javoblar | 157 | Dolzarb savollar