Internet saytlaridagi malumotlardan foydalanish

Men yaqinda o‘zimizning kantstovarlar sotadigan magazinimiz uchun internet magazin ochgandim. Uning ichidagi ma’lumotlarni, ya’ni biz sotadigan mollar haqidagi va u mollarni suratlarini va magazinimiz haqidagi ma’lumotlarni va biz qiladigan xizmatlar haqidagi ma’lumotlarni boshqa internet magazinlarning ma’lumotlaridan foydalandim. Ya’ni ezkiz oldim, ko‘chirdim va o‘zgartirish kerak bo‘lgan joylarini o‘zgartirdim. U saytlarning ichida o‘zimizning o‘zbek saytlaridan ham, chet el saytlaridan ham foydalandim. Bu ishim bilan ularga zarracha zarar etkazmayman. Chunki mening saytim faqat Andijonda ishlaydi, men foydalangan saytlar Toshkent va Rossiyadagi saytlar. U saytlarda “ma’lumotlarni ko‘chirish mumkin emas” degan joyi ham yo‘q. Men shu ishim bilan ularning mualliflik haqqiga xiyonat qilmayapmanmi?
Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf rohimahulloh:
Ruxsat bo‘lsa, joiz.

26 May 2022, 17:17 | Savol-javoblar | 146 | Turli savollar
|
Boshqa savol-javoblar