Biz namozni qasr qilib o‘qishimiz kerakmi?

Assalomu alaykum, hurmatli Shayx Hazratlari! Izlash xizmatidan bu savolga aniq javob topolmadim. Biz koreyaga 3 yillik mehnat shartnomasi bo‘yicha kelganmiz va men avval eshitgandim safarda qasr namozi o‘qish, agar 15 kun muddat vaqt aniq bo‘lgan bo‘lsa, yoki ma’lum bir sabablarga ko‘ra vaqt cho‘zilsa, lekin vaqt aniq bo‘lmasa qasr namozi o‘qiydi vallohu a’lam. Bizning 3 yillik shartnomamiz bor va u muddat to‘lgandan keyin yana 2 yilga cho‘zilishi mumkin. Muqim uyimiz, namoz o‘qishga barcha shart-sharoitimiz bor. Men kelganimdan beri 1 yil bo‘ldi, namozni to‘liq o‘qiyman, qasr qilib o‘qimaganman. Biz namozni qanday ado etamiz, qasrmi yoki to‘liq?
Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf rohimahulloh:
To‘liq o‘qiysiz. O‘n besh kundan kamga borganingizda qasr o‘qir edingiz.

26 May 2022, 18:00 | Savol-javoblar | 177 | Namoz
|
Boshqa savol-javoblar