Otamning iymoni zaif
Men ushbu savolni bir do‘stimning iltimosi bilan yozayapman. Izlash xizmatidan topa olmadik. Otamning yoshi 50 dan oshgan va hajga borgan bo‘lishlariga qaramay, hanuzgacha iymoni zaif. Qizlar bilan gaplashadi, bizlarga bildirmay aroq ichadi, vaqtini behuda ishlarga sarflaydi, hoji bo‘lishiga qaramay namozni tark etgan va yolg‘onni ko‘p gapiradi. Iltimos bunday holatda men qanday yo‘l tutishim kerakligi haqida nasihat qilib, yo‘l-yo‘riq ko‘rsating. Agar vaqtingizni zoe qilgan bo‘lsak bizni ma’zur tuting, agar to‘g‘ri savol bergan bo‘lsak haqimizga duoi xayr qiling, iltimos.
Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf rohimahulloh:
Avvalo Alloh taolodan unga insof va tavfiq so‘rab ko‘p duolar qiling. Keyin unga nuqsonlariga oid masalalar bor ma’ruzalarni eshittirishga harakat qiling. O‘zingiz vaqtini topib boshqalarga gapirgandek qilib gapiring. So‘ng unga gapi o‘tadigan odamlardan yordam so‘rang. Nima qilardik. Bu musibatga ko‘pchilik uchragan. Bir qancha ota va onalar o‘zlari pokiza bo‘lish va ibodat qilish o‘rniga bolalariga ham to‘siq bo‘lishmoqda.
26 May 2022, 17:19 | Savol-javoblar | 137 | Turli savollar