Peshobning miqdori
Assalamu alaykum! Hurmatli uztozlar. Ushbu https://savollar.islom.uz/savol-25824/ linkda berilgan javobga menda savollar tug‘ildi:
1. Istinjo qilib qog‘oz qo‘yib olaman va hojatxonadan chiqqanimdan keyin, gohida (doim emas) peshob chiqib, uning miqdor 2-3mm diametrda bo‘lib, ko‘rishga ulgursam ko‘raman, bo‘lmasa miqdori kamligidan juda tez qurib qoladi. Shuning uchun “oqqanmikan yoki yo‘qmi” deb doimiy gumondaman. Shu holatda, qo‘yilgan qog‘ozni almashtirmay,(chunki uning miqdori tangadan kichik) tahorat qilsam bo‘ladimi? Yoki javobga binoan “qo‘yib olgan narsasini almashtirib, namoz o‘qishlari shart”ga amal qilaymi?
2. “Badaniga tekkan joyni yuvib, qo‘yib olgan narsasini almashtirib, namoz o‘qishlari shart” deb javob berilgan. Ilmsizligim uchun uzr, lekin shu erda yaxshi tushuna olmadim. Tahorat ham qilish kerak, to‘g‘rimi? Yoki bu erda ham najosatning miqdoriga qarab, tahorat qilinadi yoki qilinmaydimi? Oldindan tashakkur.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! Ikki yo‘ldan biror narsa chiqsa, tahorat sinadi. Uning miqdori oz yoki ko‘pligining farqi yo‘q. Qo‘ygan narsangizga chiqqan najosat dirham miqdoridan kam bo‘lsa, almashtirishingiz vojib emas. Lekin u bilan namoz o‘qishingiz makruhi tanzihiydir. Vallohu a’lam.
26 May 2022, 15:33 | Savol-javoblar | 149 | Tahorat