Birovning haqqiga xiyonat
Andijon shahridagi temir bozoridan avval shu bozorda savdo qiluvchi tadbirkorlarga joy berildi. Joyni olgan tadbirkorlar yangi joyiga yopiq qilib ko‘chishga tayorgarlik ko‘rishgandi. Bozor egasi 2 ta boshidagi joyni egalaridan olib qo‘ydi. Sababi bir qori aka o‘rtaga turib bozor rahbaridan joyni jiyanlari uchun so‘ragan. Hazrat shu ish to‘g‘rimi? Bundan 2 ta musulmon savdogar juda norozi bo‘lishdi. Savdogarlar “ilmli bo‘la turib shu ishni qildi” deb norozi bo‘lishmoqda.
Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf rohimahulloh:
Bu gapni ikki tomonni eshitib hal qilish kerak degan qarorga kelindi. Ikkinchi tomonning gapi quyidagicha chiqdi. Birinchidan, ulardan joyni olib qo‘ymagan, joyini almashtirgan, kirishdan emas, ichkariroqdan bo‘lgan. Ikkinchidan, u odam o‘zicha bozorning kattasi bo‘lib olib, “kirish meniki bo‘lishi kerak” degan tushunchada bo‘lib olgan. Uchinchidan, ikkita joyining, birinchisi uchun uchinchi joyni bersa, "Yo‘q, mening ikkala do‘konim yonma-yon bo‘lishi kerak", deb, unamagan. To‘rtinchidan, bozor ma’muriyati bitta u odamning emas, hammanikini almashtirgani qatorda uning ham joyi o‘zgargan. Bu bozor egalarining ishi. Beshinchidan, bozor egalarining o‘zlarining boshqa rejalari ham bor ekani keyinroq ma’lum bo‘ldi. Eng asosiiysi, biz bozor ma’muriyatidan joy so‘raganmiz, birovning joyini olib berish tugul, qaerdan bo‘lishini ham qaydlamaganmiz. U odam o‘zicha kattalik qilib norozi bo‘lgan, xolos.
26 May 2022, 17:22 | Savol-javoblar | 140 | Turli savollar