Ishga oid

Assalomu alaykum! Sherigim bir ishlab chiqarish ochganmiz. Xitoydan qolib yasatib olib kelib, plastmassa quyamiz va qo‘limizda student bollar tungi smenada ishlaydi. Doim ularni ogohlantirib qoliplar juda qimmat shuning uchun ehtiyot bo‘lib ishlanglar deb ogohlantiramiz. Baribir shu holatda ham bolalar beparvolik qilib qolipni ichiga temir tiqib, qolipni yaroqsiz qilib qo‘yyapti. Bir akamiz dinda ularga to‘latib bo‘lmaydi dedilar. Bu qoliplarning ziyoni kimga tan bo‘ladi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
- Va alaykum assalom! Kunduzi o‘qib, uyqusirab kechasi ishlagandan keyin shunday bo‘ladida. To‘latmaslikni hamma choralarini ko‘rib ham shu holat sodir bo‘lsa to‘latilmaydi. Uyqusirab, beparvolik qilib, o‘z mulkidek tutmasa to‘laydi. Vallohu a’lam!

8 May 2022, 14:52 | Savol-javoblar | 139 | Turli savollar
|
Boshqa savol-javoblar