Payg‘ambarlar Alloh himoyasidami?
Assalomu alaykum! Men Payg‘ambarlar tarixi haqida kitob o‘qiyotgan edim. Tushunishimcha, ba’zi payg‘ambarlar zolim odamlar tomonidan o‘ldirilgan ekan. Masalan, Zakariyo alayhissalom qarigan vaqtlarida arralab o‘ldirilgan ekan, u zotning o‘g‘li alayhissalom esa podshoh buyrug‘i bilan kallasi olingan ekan. Va Qur’onda ham oyat bor edi, "Muhammad ham bir rosul xolos, undan oldin ham rosullar o‘tgan. U o‘lsa yoki qatl qilinsa ortingizga qaytib ketasizmi?" degan. Shundan savolim bor edi " Payg‘ambarlar Allohga eng yaqin insonlar bo‘lsa, Alloh ularni tanlab olgan bo‘lsa, nima uchun Alloh ularni o‘zgalar changalida vahshiyona o‘ldirilishiga izn beradi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Har bir payg‘ambarning qaysidir bir musibat yoki bir baloga sabr qilish bo‘lgan. Ayyub alayhissalom berilgan dardga sabr qilganlar. Nuh alayhissalom 900 yil qavmining jabru jafosiga sabr qilganlar. Lut alayhissalom qavmining fahshiga sabr qilganlar. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam qisqa umr ko‘rgan bo‘lsalarda kasallik, ozor va balolarning eng qattig‘iga duchor bo‘lganlar. Bu haqida Rasululloh sollallohu alayhi vasallam : “Balolarning eng qattig‘i payg‘ambarlarga, so‘ng darajada ularga yaqin, so‘ng darajada ularga yaqinlariga bo‘ladi” deganlar. Shubhasiz Rasululloh sollallohu alayhi vasallam payg‘ambarlarning ichida eng Allohga muqarrab va suyuklisi bo‘lganlar.عَنْ مُصْعَبِ بْنِ سَعْدٍ، عَنْ أَبِيهِ رَضِيَ اللهُ عَنْهُمَا قَالَ: قُلْتُ يَا رَسُولَ اللهِ، أَيُّ النَّاسِ أَشَدُّ بَلَاءً؟ قَالَ: الْأَنْبِيَاءُ ثُمَّ الْأَمْثَلُ فَالْأَمْثَلُ، فَيُبْتَلَى الرَّجُلُ عَلَى حَسَبِ دِينِهِ، فَإِنْ كَانَ دِينُهُ صُلْبًا اشْتَدَّ بَلَاؤُهُ، وَإِنْ كَانَ فِي دِينِهِ رِقَّةٌ ابْتُلِيَ عَلَى حَسَبِ دِينِهِ، فَمَا يَبْرَحُ الْبَلَاءُ بِالْعَبْدِ حَتَّى يَتْرُكَهُ يَمْشِي عَلَى الْأَرْضِ مَا عَلَيْهِ خَطِيئَةٌMus’ab ibn Sa’ddan, u otasi roziyallohu anhumodan rivoyat qilinadi:
«Ey Allohning Rasuli, qaysi odamlarning baloga uchrashi shiddatliroq?» dedim.«Anbiyolar, so‘ngra (martabada) ulardan keyingilar va ulardan keyingilar. Kishi diniga qarab baloga giriftor qilinadi. Agar dini mahkam bo‘lsa, balo ham shiddatli bo‘ladi. Agar dinida sustlik bo‘lsa, diniga qarab baloga duchor qilinadi. Banda er yuzida gunohsiz holatda yuradigan bo‘lgunicha balo u bilan bardavom bo‘ladi», dedilar».
Sharh: Bundan balolar gunohlarning yuvilishiga sabab bo‘lishi bilan birga, anbiyolar kabi begunoh zotlarning darajalari yanada yuqori bo‘lishi uchun ham xizmat qilishi kelib chiqadi. Demak, dindor va taqvodor kishilarning ba’zi bir balo-ofatlarga duchor bo‘lishlarini ham xuddi shu ma’noda anglash kerak. Inchunin, zohidlik ishqida yurgan solih bandalarga balo-ofatlar etishi ham bejiz emasligini bilib qo‘yish lozim. Vallohu a’lam!
18 Noyabr 2023, 16:16 | Savol-javoblar | 0 | Siyrat va tarix