Aqiydatut tahoviyadan savol

Siz muhtaram ustoz tarjima qilgan "Aqidatut tahoviya" sharhining talxisini mutolaa qilayapman. Tabiiyki, o‘qish asnosida ba’zi savollar tug‘ilmoqda. Mazkur kitobning 230-sahifasining so‘ngida shunday deyilibdi: "... Yuqoridagi ziddiyatga berilgan javobning xulosasi shuki, amaliy kufr, yoki majoziy kufr va yoki Alloh halol qilganini harom sanash, harom qilgan narsani halol sanash yoki ularni haqir sanash haqiqiy kufrdir". Iqtibos tugadi. Undan yuqorida ba’zi kufr deyilgan amallar e’tiqodiy kufr emasligi balki amaliy, majoziy kufr ekanligi aytilgan. Misol uchun, odam o‘ldirish, namozni tark qilish kabi. Lekin pastda gapning xulosasida amaliy (majoziy) kufr ham "haqiqiy kufr" deyilyapti. Iltimos mana shu jumlani tushuntirib bering.
Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf rohimahulloh:
Majoziy kufr ham "haqiqiy kufr" deyilgani yo‘q.

26 May 2022, 17:25 | Savol-javoblar | 167 | Turli savollar
|
Boshqa savol-javoblar