Quyosh G‘arbidan chiqadimi yoki G‘arbdanmi?

"Sunniy aqidalar" kitobingizni o‘qiyotgan edim. Shunday kitoblarni biz musulmonlar uchun yozib, ilmimizning ziyoda bo‘lishiga, iymonlarimizning yanada mustahkamlanishiga, to‘g‘ri yo‘lda bo‘lishimizga sababchi bo‘layotganingiz uchun Yaratgan sizdan rozi bo‘lsin. Shu kitobning beshinchi ("G‘aybiyot") qismini o‘qiyotganimda, bir hadis bo‘yicha savol paydo bo‘ldi (439-440-betlar). Abu Zarr roziyallohu anhudan rivoyat qilingan hadisda: "... Bas, unga (quyoshga): "Ko‘taril, mag‘ribingdan chiquvchi bo‘l", deyiladi. U mag‘ribidan chiquvchi bo‘ladi", dedilar. ... ", deyilgan. (Hadisning to‘liq matni biroz uzunroq bo‘lgani sababli, uni to‘laligicha keltirmadim (aybga buyurmang, iltimos). Zamonaviy astronomik kuzatuvlarga ko‘ra, Quyosh o‘z o‘qi atrofida ham aylanar ekan. Yuqoridagi hadisni qanday tushunmoq to‘g‘ri bo‘ladi: Quyosh o‘z o‘qiga nisbatan hozirda aylanayotgan yo‘nalishiga qarshi aylana boshlaydimi, yoki er yuzida turgan kishiga nisbatan erning g‘arbidan chiqadimi?
Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf rohimahulloh:
“Mag‘ribing” degani, “botadigan tomoning” degani.

26 May 2022, 17:25 | Savol-javoblar | 143 | Hadislar
|
Boshqa savol-javoblar