Iddada ishga chiqish
Assalomu alaykum! Ustozlar, singlim 14 yil turmush qurib o‘rtada farzand bo‘lmaganligi sababli ajrashdi. Anchadan beri davlat korxonasida ishlaydi. Eringdan javobingni olganingdan keyin uyda ko‘chaga, ishga chiqmasdan iddada o‘tirishing kerak, Alloh qodir qilganicha kamlik ko‘rsatmasdan xayot kechirishing uchun xamma sharoit qilib berishligimni aytdim. Ota-onamiz xam shu fikrdalar. Lekin qaysidir ilmdan xabari bor (otin oyi) ayol farzand ko‘rmasdan ajrashganingdan keyin idda vaqting tugaguncha turmushga chiqmasang bo‘ldi, ishga xam ko‘chaga xam chiqaverasan deb aytibdi. Singlim o‘z ishidan ayrilgisi yo‘q. Keyin bu ishxonaga ishga kirish oson emas. Ustozlar ushbu masalani xukmi qanday bo‘ladi? Idda vaqtida uyda ko‘chaga chiqmasdan o‘tirishi kerakmi yoki ishga borib kelib tursa xam bo‘ladimi? Javob uchun oldindan rahmat.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
- Va alaykum assalom! Idda o‘tirish vojib. Buni tark qilgan inson qattiq gunohkor bo‘ladi. Iddasi tugagunicha o‘zining yoki ularni ta’minlab turuvchilarning mablag‘i bo‘lsa chiqishi mutlaqo joiz emas. Vallohu a’lam! Quyidagi linkda berilgan maqolani o‘qing https://fiqh.uz/maqola/405
26 May 2022, 00:59 | Savol-javoblar | 145 | Oila va turmush