Bog‘chada taomlanish

Men talabaman, shu sababli bir bog‘chaga o‘qish davomida ishlab turish uchun qorovul bo‘lib ishga kirganman. Bu maxsus bog‘cha bo‘lib, bu erga oziq-ovqatlar davlat tomonidan beriladi. Ishga kirishda bog‘cha mudirasiga “eb-ichganimga pul to‘laymanmi?” deganimda “yo‘q bog‘chamizdagi ishlarga qarashib tursangiz bo‘ldi, men roziman” deb aytgan edi. Men o‘ylanib qoldim, bu erga kelgan oziq-ovqatlar bolalar uchun keladi-ku, deb. Savolim shuki, men bog‘chadan taomlansam bu men uchun halol bo‘ladimi? Javobingiz juda muhim!
Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf rohimahulloh:
Bolalar uchun kelgan taomni egan go‘dakning haqqini egan bo‘ladi.

26 May 2022, 17:30 | Savol-javoblar | 152 | Turli savollar
|
Boshqa savol-javoblar