Payg‘ambarimiz(sav) karikaturasini nega chizishdi ?

Payg‘ambarimiz Muhammad mustafo(s.a.v.) karikaturasini chizgan jurnalistlarga xujum qilingani va jurnalistlardan 12 kishini o‘ldirilgani haqida yaqinda o‘qib qoldim. Butun chet-el ommaviy axborot vositalarida shu haqda yozishmoqda. Hazrat shu haqda fikringizni bilmoqchi edik. Ularning o‘ldirilishi to‘g‘rimi? Har xil tortishuvlarga sabab bo‘layotgan bu masalada musulmonlar qanday yo‘l tutishsa to‘g‘ri bo‘lardi?
Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf rohimahulloh:
Rasululloh sollallohu alayhi vasallamni karikatura qilish mutlaqo noto‘g‘i. G‘arbliklarning ko‘pchiligi ham bu haqiqatni tan olishadi. Bu birinchi bor bo‘layotgani yo‘q. Avvallari ham bir necha marta bo‘lgan. Butun dunyo bo‘ylab noroziliklar bo‘lgan. Xalqaro tashkilotlar bunday qilmaslikka chaqirgan. Ammo ba’zilar bu ishni o‘ziga kasb qilib olganga o‘xshaydi. Barchaga xilof ish qilib nom chiqarishga urinishgan bo‘lishlari mumkin. Musulmonlar uchun Rasululloh sollallohu alayhi vasallam jonlaridan ham ustin. Muhammad Mustafo sollallohu alayhi vasallamning o‘zlaridan ham ustin ko‘rishlari matlub.

26 May 2022, 17:30 | Savol-javoblar | 155 | Turli savollar
|
Boshqa savol-javoblar