Er vafotidan so‘ng
Assalomu alaykum! Eri dunyodan o‘tsa ayoli undan keyin turmush qurgani to‘g‘rimi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! Bu ham quyidagi holatga qarab bo‘ladi. Vallohu a’lam! Hamma dalillarni yaxshilab o‘rganib chiqqan jumhuri ulamolar nikohning shar’iy hukmi haqida quyidagilarni aytganlar: Nikohda bo‘lish shariatga Qur’oni Karim, sunnati nabaviya va Islom ummatining ijmoi orqali kirgan: 1. Alloh taolo Qur’oni Karimning bir necha oyatlarida mo‘min-musulmonlarni nikohda bo‘lishga, uylanishga, oila qurishga amr etgan. 2. Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallam o‘zlarining ko‘plab hadisi shariflarida nikohga targ‘ib qilganlar. 3. Islom ummati, jumhuri ulamolar nikoh zarur ekaniga doimo ittifoq qilib kelishgan. Turli kishilarning holatiga qarab nikohda bo‘lishlari hukmi ham turlichadir. 1. Vojib-farz. Agar bir inson nikohli bo‘lmay zinoga borishiga ishonib etsa va nikohga ketadigan sarf-xarajatga ega bo‘lgach, nikohdagi sherigiga zulm qilmasdan haqqini ado etishiga ishonsa, undoq odamga nikoh farz-vojib bo‘ladi. Chunki musulmon kishi o‘z iffatini saqlashi, harom ishdan tiyilishi matlubdir. Islom shariatida vojib narsani ado etish uchun kerak bo‘lgan narsani qilish ham vojibdir, degan qoida bor. O‘sha qoidaga shu erda amal qilinadi. Kishi o‘z iffatini saqlashi, harom ishga bormasligi vojib. O‘sha vojibni qilish uchun nikoh–uylanish lozim. Demak, u odam uchun uylanish–oila qurish vojib bo‘ladi. 2. Harom. Agar bir inson nikohlanib, o‘zining nikohidagi sherigiga zulm qilishi va zarar etkazishiga ishonib etsa, undoq odam uchun oila qurish harom bo‘ladi. Bu holatda Islom shariatining haromga olib boruvchi narsa ham haromdir, degan qoidasi ishga tushadi. Birovga zulm qilish, zarar etkazish harom. O‘sha zulm va zarardan iborat harom ish nikoh tufayli bo‘lishi aniq bo‘lgani uchun unga olib boradigan yo‘l–nikoh ham harom bo‘ladi. 3. Makruh. Agar bir inson nikohlansa, o‘zining nikohdagi sherigi–jufti haloliga nisbatan zulm va zarar kelishidan qo‘rqsa, ammo to‘liq ishonmasa, undoq odam uchun nikoh makruhdir. 4. Sunnati muakkada. Mo‘’tadil inson uchun, zinodan qo‘rqmaydigan, oila qursa jufti haloliga zulm qilishdan, zarar etkazishdan ham qo‘rqmaydigan kishi uchun oila qurish sunnati muakkadadir. Kishilar orasida ommaviy uchraydigan ushbu holat va uning hukmi oyat va hadislarning ko‘plarida bayon etilgan holatdir. Nikohning, oilali bo‘lishning sunnati muakkada ekanligiga Payg‘ambarimiz sollallohu alayhi vasallamning uylanganlari va nikohda bardavom bo‘lganlari, sahobai kiromlar va keyingi avlodlarning uni mahkam ushlaganlari dalildir. Hanafiylar bu sunnati muakkada vojibga teng, deydilar. Kim bu ishni qilmasa, tarki sunnat qilgan hisoblanadi. 5. Muboh. Uylanishga rag‘bat qildiruvchi narsalar ham, undan man qiluvchi narsalar ham bo‘lmagan holda nikoh muboh bo‘ladi. Ushbu zikr qilingan narsalardan keyin ni-koh–oila qurish dinimiz targ‘ib qilgan ibodat ekanligini bilib oldik. Erdir, ayoldir har bir musulmon oila qurishdek mas’uliyatli ishga o‘zini urishi bor. Ana o‘sha ishga kirishishdan oldin u oila nima, u nima uchun quriladi, qaysi asosda quriladi, yaxshi bilib olmog‘i kerak. Islom ta’limotlari bo‘yicha oila quyidagi asos va maqsadlarda quriladi: 1. Oila Alloh taoloning roziligini topish, Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallamning axloqlari, islomiy odoblar bilan o‘zini muzayyan–ziynatli qilish uchun quriladi. Bu odob va axloqlar oiladan tashqarida bo‘lishi mumkin emas. Misol uchun, mehribonlik, halimlik, adolat va o‘zaro yordamni olib ko‘raylik. Aslida oila oliy-maqom axloq namunalarining namoyon bo‘lishi, mus-tahkamlanishi uchun asosiy makon emasmi? Agar oila bo‘lmasa, bu narsalarga ko‘ngildagidek erishib bo‘ladimi? Boshqa odob va axloqlarni ham shunga taqqoslash mumkin. Allohning oyatiga amal qilib, Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallamning sunnatiga ergashib oila qurmoqdaman, deb niyat qilgan odam haqiqiy ibodatni ado etgan bo‘ladi. 2. Oilaviy hayot, er-xotinlik aloqasidan sharafli maqsadlar ko‘zda tutilishi kerak. Oilaga eru xotinga ulug‘ va sharafli mas’uliyatlarni yuklaydigan sherik bir hay’at deb qarash kerak. Eru xotin o‘sha mas’uliyatlarni ado etish uchun himmatlarini oliy qilib, osonlik va qiyinchilik, kenglik va torlik vaqtlarida ham o‘zaro hamkorlik qilishlari kerak. O‘z oilalarini mustahkam qilib, olijanob farzandlar etishtirib, vatan uchun foydalar keltirishga harakat qilishlari kerak. Bu esa, o‘z navbatida, kelishgan holda har kim o‘ziga xos va o‘ziga yuklatilgan vazifalarni vijdonan ado etishini taqozo qiladi. 3. Eru xotin orasidagi oilaviy aloqa muhabbat, taqdirlash, o‘zaro tushunish asosida bo‘lishi kerak. Nikoh aloqasi ma’naviy, ruhiy va otifiy aloqadir. Bu aloqa doimiy va bardavom aloqadir. Shuning uchun ham bu aloqa muhabbat, rahm-shafqat asosida bo‘lishi kerak. Ana o‘sha ma’nolarni o‘ziga singdirib olgan holda oila qurishga harakat boshlash kerak. https://savollar.islom.uz/smf/index.php?topic=22398.0
28 Aprel 2022, 18:27 | Savol-javoblar | 173 | Oila va turmush