Ⱪo‘shib berish masalasi

Assalomu alaykum!Men aktsionerlik jamiyatida, katta korxonada ishlayman. Bizga ovqatlanish uchun 9600 so‘mlik talon beriladi yana bir toifa ishchilarga 2000 so‘mlik talon beriladi. Biz ikki kishi ya’ni 9600 so‘mlik va 2000 so‘mlik talonlarni qo‘shib 11600 so‘mlik ovqat olib ikki kishi oqatlanamiz, shunda xisobchi bizga tanish – bilish qilib yana qo‘shimcha egulik qo‘shib beradi, biz xisobchiga 11600 dan ortgani kerak emas, 11600 etsa qo‘shib bering  deganimizda etadi deydi. Lekin biz o‘zimizcha xisoblab ko‘rsak etmaydi. Ovqatlanish joyi ham u erda ishlaydiganlar ham biz ham bir korxonaning ishchilarimiz. Shu qo‘shib bergan narsasi bizga xalolmi? Tashakkur.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! Halol emas. Korxona egasi rozi bo‘lsa, joiz. Vallohu a’lam!

26 May 2022, 05:23 | Savol-javoblar | 151 | Turli savollar
|
Boshqa savol-javoblar