Qiz farzandning tarbiyasi muhimmi yoki orzu havasmi?
Mening 3 qiz farzandim bor. Farzandlar Allohning bizga bergan omonati. Ota-ona 1-o‘rinda tarbiyasi bilan shug‘ullanishi kerak deb o‘ylayman. O‘zim ham hijobga kirganimga ko‘p vaqt bo‘lmadi. Ilmim ham oz. Lekin qizlarimga qo‘limdan kelganicha Islom dini haqida ma’lumot berib, ularga diniy tarbiya berishga harakat qilmokdaman. Allohga shukr qizlarim bilan 5mahal namoz o‘qiymiz. Katta qizim 12 yoshda Islom maktabiga berdik. U maktabda dunyoviy ilm bilan birga Qur’ondan suralarni yodlashni, Payg‘ambarimiz Muhammad sallallohu alayxi va sallamning hadislarini, arab va ingliz tillarini o‘rganmoqda. Turmush o‘rtog‘imni qanchalik urinmaylik namoz o‘qishga boshlay olmadik. U insonni ko‘proq bu dunyoning orzu havasi qiziqtiradi. Shu sabab “hammasini tashlab o‘zimizning yurtga ketamiz” deyaptilar. Chunki yurtimizda ishlari yaxshi edi. Ustoz qanday maslahat bera olasiz. Qizlarimizni hammasini shu maktabga berib ta’lim olishgani ma’qulmi yoki ortga ketsak shunday maktab topsa bo‘ladimi?
Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf rohimahulloh:
Har bir farzandning, jumladan qiz farzandning tarbiyasi muhim, orzu havas ahamiyatsiz narsa. Benamoz odam har xil gapni gapiraveradi.
26 May 2022, 17:33 | Savol-javoblar | 144 | Turli savollar