Otaning nohaq oq qilishi

Mening otam noshukur bandalardan biri. Qo‘limdan kelgan xizmatlarini qilaman. Uyda hamma ro‘zg‘or bor. Hatto o‘z mashinamni sotib, salondan ularga yangi mashina olib bersam ham nolidilar. Ko‘chada ichib kelib yo‘q joydan to‘palon qiladilar. Masalan, kelishlariga ovqat suzib qo‘ysak, “nimaga suzib qo‘ydinglar?” deb baqiradilar, suzmasak, “nimaga suzilmagan?” deb baqiradilar. Xudodan xar doim “ularni hidoyat yo‘liga kiritgin, namozga kirsinlar, noshukur bo‘lmasinlar” deb so‘rayman. Bazida: "Xar doim shuncha namoz o‘qisan. Men norozi bo‘lsam, hammasi bir tiyin bo‘ladi, hammasi mening qo‘limda” deydilar. Men: " Nimaga norozi bo‘lyapsiz?” deb so‘rasam, tushuntirib bera olmaydilar. Bazida esa “noroziman, seni oq qildim” deb baqiradilar. Shu o‘tadimi? Nima qilsam bo‘ladi?
Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf rohimahulloh:
Uning gaplari hammasi behuda. Unga o‘xshash nobokorlarning aytgani bir pul. Siz qo‘ldan kelganicha hurmatini qilavering.

26 May 2022, 17:43 | Savol-javoblar | 146 | Turli savollar
|
Boshqa savol-javoblar