Soch bo‘yog‘i haqida muhim savol
Hazrat, men ayollar bo‘yaydigan soch bo‘yoqlari orasida xinadan boshqa bo‘yoqlar sochga qatlam hosil qilib tahorat va g‘uslga mone’lik qiladi, deb o‘quvdim. Ayolim qora tangli bo‘yoq bilan sochini bo‘yab namozlarini o‘qib yurgan ekan, men keyin bilib qoldim. Hazrat men "Kim tahoratsiz qasddan namoz o‘qisa kofir bo‘ladi"- deb eshitganman. Bu holatda bizning nikohimizga futur etmaydimi? Ayolim ba’zi vaqtlarda namozni qasddan tark qilib, o‘z vaqtidan o‘tkazib yuboradi. Men eshitganmanki "Mo‘min bilan kofir o‘rtasida namozni tark qilish bor" - deb. Qo‘rqamanki, bunday holatlarda nikohimizga futur etmasmikin deb. Chunki inson kofir bo‘lsa, oradagi nikoh ketishini ham eshitganman. Hazrat, mana shunaqangi holatlarda nikohni yangilab olish lozim bo‘ladimi? Tashakkur!
Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf rohimahulloh:
Nikohga siz aytgan ishlar bilan futur etmaydi. Ayolga nasihat qilib, taqvoga chorlang.
26 May 2022, 17:52 | Savol-javoblar | 168 | Turli savollar
Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf rohimahulloh:
Nikohga siz aytgan ishlar bilan futur etmaydi. Ayolga nasihat qilib, taqvoga chorlang.
26 May 2022, 17:52 | Savol-javoblar | 168 | Turli savollar