Madaniyatimizga mos kelmaydigan seriallar

Assalomu alaykum, hurmatli Shayx Hazratlari! Hozirgi kunda ko‘pchilik vatandoshlarimiz telekanalarimizdan uzluksiz ko‘rsatib kelinayotkan Koreya, Xitoy, Hindiston va boshqa mamlakatlar ishlagan seriallarni miriqib tomosha qilishyapti. Mening fikrimcha, bu bizning dinimizga, madaniyatimizga to‘g‘ri kelmaydiku, shularni o‘rniga hozirgi kunda ko‘plab Islomiy filmlar, bizning shariyatimizga, mazhabimizga mos keladiganlarni tarjima qilib ko‘rsatishsa bo‘lmasmikin?! Hazrat hozirgi kunda barcha mamlakatlar televideniyasida alohida islomiy kanalar mavjud, ulardan uzluksiz odob-axloq, ma’naviyat va ma’rifat ko‘rsatuvlarini ko‘rib, dil quvonadi. Albatta bizda ham ziyo ko‘rsatuvlarini ko‘ramiz, lekin uzluksiz kanal bo‘lsa ancha yaxshi bo‘lardi. E’tiboringiz uchun rahmat .
Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf rohimahulloh:
- Sizga ham tashakkur. Juda to‘g‘ri fikrlar. Alloh taolo bizda ham siz aytgan narsalar joriy bo‘lishini nasib etsin!

26 May 2022, 20:11 | Savol-javoblar | 145 | Turli savollar
|
Boshqa savol-javoblar