Ayollarni yig‘ilib o‘tirishlari haqida

Bizning ayol qarindoshlarimiz bir oyda bir o‘z uylarida ko‘rishib mehmondorchilik qilib o‘tirib turishadi. Mening ayolimni ham “keling, bizga qo‘shiling” deb taklif qilishgan ekan. Men unga “ayollarni bunaqa qilib yig‘ilishlari durust emas” deb, qo‘shilishiga ruxsat bermagan edim. Lekin ayolim “Shayx Hazratlaridan shuni so‘rab bering, borsam bo‘ladimi yoki yo‘qmi?” deb iltimos qilyapti.
Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf rohimahulloh:
O‘tirish shariatga muvofiq bo‘lsa, durust.

26 May 2022, 17:53 | Savol-javoblar | 142 | Turli savollar
|
Boshqa savol-javoblar