3 taloq

Assalomu alaykum! Bir kuni xotinim onam bilan urushib qolibdi. Onam yig‘lab telefon qildi, xotining men bilan urushyapti deb. Arzimagan narsani ustida. Men onamni yig‘laganiga yani onamni xotinim yig‘latganiga chidolmadim, keyin esa ichimda xotinim uch taloq, uch talog‘ini ham berdim dedim. Xuddi namoz o‘qiganda ichimizda o‘qiymizku, shunday qilib uch talog‘ini berdim dedim. Xotinim menga juda ko‘p marta aytgan onangiz menga yoqmiydi deb aniq bilamanki hamma ayb xotinimda. Keyin men bir necha odamga aytdim xotinimni uch talog‘ini berdim deb shunaqa vaziyatda deb. Savolim shundayki bunday holatda 3 taloq tushadimi yo‘qmi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Oralaringizga uch taloq tushibdi. Endi birga yashashlaringizga shar’an yo‘l yo‘q. Vallohu a’lam!

10 May 2022, 23:44 | Savol-javoblar | 172 | Oila va turmush
|
Boshqa savol-javoblar