Abu Sufyon roziyalloxu anhu haqlaridagi hadis

Assalomu alaykum! Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning: «Abu Sufyon jannat yigitlarining sayyididir»  kabi ma’noda xadislari bormi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! Abu Sufyon kunyasi bilan ikki sahobiy mashhur bo‘lganlar. Birlari Abu Sufyon ibn Harb bo‘lib, Makkaning zodagonlaridan bo‘lgan. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam uning qizi Umma Habiba roziyallohu anhoga uylanganlar. Ismi Soxr bo‘lgan. Yana birlari Abu Sufyon ibn Xoris bo‘lib, uning ismi Mug‘iyra bo‘lgan. Ibn Abdulbarr va ibn Sa’adlar rivoyatida Nabiy sollallohu alayhi vasallam shu sahoba haqida “Abu Sufyon ibn Xoris jannat ahli yigitlarining sayyida” deganlar. U kishi Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning amakisining o‘g‘li bo‘lgan. Makka fathi yilida iymon keltirgan. Vallohu a’lam!

28 Aprel 2022, 19:00 | Savol-javoblar | 153 | Hadislar
|
Boshqa savol-javoblar