Birovning merosi

Assalomu alaykum! Menga bir masalada yordam beringlar. Bir rus millatli 80ga chiqib qolgan tanishim menga bir taklif bilan murojat qildi. Unga qarab turuvchi odami yo‘qligi xaqida aytib shikoyat qildi va menga qarab turishim yordam berishim evaziga undan keyin qoladigan mol mulka egalik qilishni taklif qildi. Uning ikki nafar farzandi bor ekan. Katta qizi eri bilan chet elda yasharkan kichik qizi 16 yoshda ekan. Ikkisi xam u bilan yashamas ekan. Qarindoshlari xam xabar olmas ekan. Unga xam raxmim kelyapti xam farzandlari xaqiga xiyonat bo‘lmasmikan deb o‘ylab qoldim. Unga nima deb javob bersam ekan? Javobingizni kutib qolaman. Rahmat.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! Buning uchun uning qizlarini holatini ham uydagi haqqlarini ham bilish kerak. Agar u kishi tiriklik chog‘ida o‘ziga tegishli mulkni sizga hadya qilsa, joiz. Vallohu a’lam!

26 May 2022, 05:20 | Savol-javoblar | 146 | Dolzarb savollar
|
Boshqa savol-javoblar