Kam chiqqan dorilar
Assalomu alaykum! Men dorixonada farmatsevt bo‘lib ishlayman. Mijozlarimizga retseptlariga qarab dori-darmonlarni beraman, berayotganimda katta e’tibor bilan qarab berishga harakat qilaman. Bir ma’lum vaqt o‘tganidan keyin ba’zi bir mijozlar qaytib kelishadi va retseptdan “undan kam bundan kam beribsizlar, tabletkalar ichidan kam chiqdi” deyishadi. Albatta men hamma retseptni va mijozni eslab qololmayman. Mijozlar esa ishonsangiz ishondingiz bo‘lmasam mayli deyishadi. Agar mijozga ishonib kam chiqqan dorilarni bersam, mijoz adashyotgan bo‘lsa dorixonamiz hisobiga zarar bo‘ladi. Hurmatli ustozlar, shu holatlarda nima qilishim kerak?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! Mijozlar adashganligingiz to‘g‘risida guvoh bilan kelishsa to‘lashingiz vojib. Shuning uchun olayotganlarida “qarab olinglar, kam bo‘lsa keyin javobgar bo‘lmayman” deb ayting yoki biror joyga yozib qo‘ying. Vallohu a’lam!
30 Aprel 2022, 19:30 | Savol-javoblar | 139 | Moliya va tijorat