Xodimning ish haqi

Assalomu alaykum hurmatli shayx hazratlari! Hazrat, elektr tarmog‘ida ishlaydigan xodimlar xonadonlarga elektr hisoblagich (schyotchik) o‘rnatar ekan. O‘rnatish uchun taxminan 150 ming so‘m pul sarflanadi (schtyotchik narxi va plastik ochirish kabi narsalarga). Xodim xonadon egalaridan ushbu sarflanadigan 150 ming so‘m, hamda o‘rnatgani uchun va plastik ochirish uchun elib yugurgani sababli, qo‘shimcha 50 ming so‘m ham oladi. Xodim xonadon egalariga barcha sarf xarajatni aytadi va haligi qo‘shimcha 50 ming so‘mni ulardan rozilik so‘rab oladi. Ular, ya’ni xonadon egalari rozi bo‘lib berishadi. Hazrat, xodimning “ish haqqim” deb rozilik so‘rab oladigan 50 ming so‘m puli halolmi? Tashakkur!
Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf rohimahulloh:
Agar olgan puliga faktura yozib bersa, halol.

26 May 2022, 18:01 | Savol-javoblar | 154 | Turli savollar
|
Boshqa savol-javoblar