Homilani oldirish
Assalomu alaykum! Men turmushimda erim bilan 4 yil xayot kechirdim. Shuncha yil davomida juda kup ranj ko‘rdim. Bir qizim bor, xozirda 3 oylikka etmagan xomilam bor. Erim jaxlini tutib tura olmay meni kaltaklar edi. Kechirib yaxshi bo‘lib ketishiga umid qilar edim. Xomilador xolimda yana kaltakladi bu safar sabrim etmay ota uyimga ketdim. Otam “joxil odamning zurriyodi kerakmas xomilangni oldir otasiz 2 farzandni tarbiyalash juda qiyin, agar oldirmasang umrbod ering bilan yashashga majbursan” deya maslaxat berdilar. O‘zim xam tug‘ishni o‘ylayapman, lekin erimni oldiga qaytib yuzini ko‘rishga aqlim ham yuragim xam dov bermayapti. Nima qilay? Javob uchun rahmat.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! Uch oylik bo‘ladigan bo‘lsa, unda insoniylik a’zolari shakllangan bo‘ladi. Oldirishingiz joiz emas. Bolaning tug‘ilishini va rizqini Alloh O‘z zimmasiga olgan. Vallohu a’lam!
24 Aprel 2022, 15:12 | Savol-javoblar | 155 | Oila va turmush