YouTube dan daromad olish
Assalomu alaykum! Hurmatli ustozlar, menda bir necha shubhali va muammoli savollarim bor edi va men bunga aniq bir javob topa olmayapman. Men talabaman, bir yildan beri yashashimga, kontraktimga, va barcha boshqa kam-ko‘stimga YouTube degan veb saytdan video qilib pul topib kelyapman. Avvalambor YouTube ni qonuni haqida tushuntirib bersam. Unda “fare use” degan qonuni bor, manosi adolatli foydanalish va uni AQShda ishlatishga ruxsat berilgan holatlari va shartlari quyidagicha: Ishlatishdan maqsadi va xususiyati, savdo sotiqga oid bo‘lsa va notijorat tashkilot orqali ta’lim uchun bo‘lsa ko‘pincha adolatli foydanalish hisoblanadi. Video va videoni tarkibini materiyalidan foydalansa ko‘pincha adolatli foydanalish hisoblanadi. Videoni juda katta qismidan ko‘ra juda ham oz qismini olish mumkin. Lekin agar o‘sha juda kichkina qismi ham videoni eng asosiy joyi bo‘lsa, adolatli foydanalishga qarama qarshi bo‘lishi mumkin. Videoga butunlay yangi ma’no qo‘shib yoki ma’lum bir miqdorda katta o‘zgarish qilib ishlatilsa ko‘pincha adolatli foydanalish hisoblanadi. Ammo AQShdan boshqa davlatlarda qonunlari turlicha va bu qonunlarni taqiqlagan davlatlar ham bor. Shu shartlar va holatlar YouTube tomonidan berilgan va shu sabablarga ko‘ra, men har-xil odamlarni videosidan 10-30 sekund olib, taxminan 10 minut atrofidagi videolarni qilib kelyapman. Videoning asosiy mavzulari odamlarni ko‘nglini ochish va ularni ajablantiruvchi mavzular, lekin hech qanday odamga foydasi tegmaydi. U videoda 3-4 ta reklama qo‘yiladi va o‘sha orqali juda katta miqdorda daromad keladi. Ammo qanday mavzudagi va turdagi reklamalarni joriy qilishda va kanalimda uzatishda barcha imtiyoz hamda tanlov o‘zimda va mening nazoratim ostida bo‘ladi. Demoqchimanki, men shariatimizga xilof bo‘lmagan reklama kompaniyalari bilan ishlashga harakat qilaman. O‘sha videolar o‘zimni ishim emas lekin 20-30 tacha videolarni 10 minut birlashmasini qilsam umumiy ma’nosi anchaga o‘zgaradi. Shu orqali ish yurutsam bo‘ladimi? Menda video yaratishga va shunga o‘xshash media vositalari bilan ishlashga layoqatim va qobilyatim bor, demoqchi bo‘lganim qanday videolar qo‘ysam va ulardan daromad qilsam bo‘ladi shunga ham to‘xtalib o‘tsangiz?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! Bu erda videolar muallifidan albatta ruxsat so‘rash kerak. Agar ular rozi bo‘lganda ham u haqida ma’lumot berilishi ham shart. Ya’ni shu nomli asardan yoki videolardan foydalanildi deb. Vallohu a’lam!
28 Aprel 2022, 19:00 | Savol-javoblar | 171 | Halol va harom
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! Bu erda videolar muallifidan albatta ruxsat so‘rash kerak. Agar ular rozi bo‘lganda ham u haqida ma’lumot berilishi ham shart. Ya’ni shu nomli asardan yoki videolardan foydalanildi deb. Vallohu a’lam!
28 Aprel 2022, 19:00 | Savol-javoblar | 171 | Halol va harom