Ish masalasi
Assalomu alaykum, hurmatli Shayx Hazratlari! Musofirchilikdaman, sherigim yangi kelgan paytimda ish topib bergan (qorovulchilik va ishxona rahbari bilan aloqasi yaxshi) va men shu ishda ishlab topgan pulimdan unga ma’lum miqdorda ulush berishimni so‘rayabdi. Mendan avval meni holatimdagi bir odam ulush ajratmayman, bu meni ishlagan haqqim deganida rahbarga aytib ishdan haydatib yuborgan. Rizq Allohdan! Bu ishdan bo‘shasam, boshqa ish topaman Insha Alloh. Bundan tashqari, bir joyda turamiz, uy pulini ham deyarli 20 foizini to‘laydi (yana sabab ish bergani uchun). Sherigim ish bergani uchun Allohning roziligini da’vo qilishi va meni topgan pulimdan ulush olgani va uy masalasida kam pul bergani sherigim uchun halolmi? Noto‘g‘ri savol berib vaqtingizni olgan bo‘lsam uzr va javobingiz uchun rahmat!
Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf rohimahulloh:
U odam noto‘g‘ri qilgan. Muruvvatsizlik qilmoqda ekan.
26 May 2022, 18:05 | Savol-javoblar | 155 | Turli savollar
Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf rohimahulloh:
U odam noto‘g‘ri qilgan. Muruvvatsizlik qilmoqda ekan.
26 May 2022, 18:05 | Savol-javoblar | 155 | Turli savollar