Tortishuv
Assalomu alaykum! Hurmatli ustozlar, men bir tashkilotda ishlayman. Ba’zida xamkasabalarim asossiz gaplarni gapirishib qolishadi. Masalan, paypoqqa mash tortish, ziyoratgoxlardan farzand tilab kelishgani haqida gapirishadi. Men bu to‘g‘ri emas maxsiga mash tortish mumkin emas va nima so‘rash kerak bo‘lsa Allohdan so‘rash kerak deb baxslashaman. Ba’zida juda qattiq tortishaman. Bir xamkasabam siz paypoqqa mash tortish mumkin emas desangiz shular namoz o‘qimay qo‘yishsa sizga gunox yoziladi deydi. Shu gap to‘g‘rimi? Allohga shukrki shayx Hazratlari rahimahullohni kitoblarini o‘qib, o‘rganganlarimni aytishga xarakat qilaman. Shunaqa tortishuvlardan keyin bir dugonam “nima kerak bunaqa asabiylashib, yaxshisi aytmay qo‘yavering” deydi. Lekin vijdonim yo‘l qo‘ymaydi. Eng achinarlisi ular o‘z aytganlaridan qolishmaydi. Taxoratda oyoqlarini yuvmay paypoqqa mash tortib namozni o‘qiyverishadi. Men shu xolatlarda indamay qo‘yaverishim kerakmi? Tortishaversam o‘zimni bosolmay janjallashib ketyapman. Nima maslaxat berasizlar?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! Janjallashish noto‘g‘ri. Go‘zal tarzda etkazib qo‘yish vazifangiz, qabul qilish yoki qilmaslik ularning ishi, tavfiq Allohdan. Vallohu a’lam!
30 Aprel 2022, 06:04 | Savol-javoblar | 147 | Dolzarb savollar
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! Janjallashish noto‘g‘ri. Go‘zal tarzda etkazib qo‘yish vazifangiz, qabul qilish yoki qilmaslik ularning ishi, tavfiq Allohdan. Vallohu a’lam!
30 Aprel 2022, 06:04 | Savol-javoblar | 147 | Dolzarb savollar