Mumkinmi?
SHAYH HAZRATLARI! Biz talabalarga imkon topib ilmlarimizni mukammallashtirishga yordam berayotganingiz uchun tashakkur aytamiz. Singlimni qizi necha yillarki men bilan yashaydi (sababi singlim ikkinchi bor turmush qurgan kishi uni qabul qilmadi) Turmush o‘rtog‘im shoyadki Rosululloh s.a.v. bashoratlaridagilardan nasibador bo‘lsak deb o‘z qizlaridek qabul qilganlar. Oilada farzandlarimizni Bomdod namozidan keyin, har hil vaqtlarda ilmli va yoshi ulug‘ insonlarni qo‘llarini tabarrukona o‘pib (jumladan Turmush o‘rtog‘imni) duo olishga odatlantirganman. Avvallari qizim kichik yoshda edi, hozir balog‘atga etgan (yoshi 13da) Savol 1.Qizim balog‘atga etgandan so‘ng tabarrukona qiladigan bu odatini davom ettira oladimi? 2.1.Turmush o‘rtog‘im qizimga(jiyanimga) mahrammi? Javobingiz uchun oldindan RAHMAT
Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf rohimahulloh:
1. Qizim deganda jiyaningizni ko‘zda tutgan bo‘lsangiz bu odatni davom ettirmasin.2. Vaqtinchalik oralarida nikoh harom bo‘ladi. Chunki siz u qizning xolasisiz.Abu Hurayra roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi: «Nabiy sollallohu alayhi vasallam: «Bir ayol va uning ammasini hamda bir ayol va uning xolasini jamlanmas», dedilar». Beshovlari rivoyat qilishgan.Ushbu hadisi sharifga binoan, amma-jiyan ayollarning va xola-jiyan ayollarning bir vaqtda bir kishining nikohida bo‘lishlari harom bo‘ladi. Avvalgi nikoh to‘g‘ri, keyingisi botil bo‘ladi. Ya’ni, bir ayolga uylansa, keyin xolasini ham uning ustiga kundosh qilib olsa, o‘sha ikkinchi nikoh botil bo‘ladi.
2 May 2022, 09:12 | Savol-javoblar | 187 | Bola tarbiyasi