Telegramdagi Gif va video
Assalomu alaykum! Man zaif eshituvchi ya’ni soqov ayolman. Ko‘pchilik soqovlar ko‘p so‘zlarni bilmaganligi tufayli Telegramda kanal ochib ba’zi yaxshi malumotlarni kitobdagi qisqa matn hikoyalarni o‘qib gif (videoxabar) olib kanalga joylab boryapman. Yozuvlarni o‘zini joylashsam ham tushunishmaydila. Shuning uchun Shu kanal orqali dugonalarim ko‘rib boryapti. Yaqinda ayol kishi suratga olinmaydi degan yozuv ko‘zimga tushdi. Bu ishimni Alloh bergan bilimimni to‘gri foydalanish dugonalarim ham ilm olib to‘gri foydalanish maqsadida qo‘lanilvoman. Qiyomatda bu haqda so‘raladimi? Nega o‘zinni gif va video olib tarqatdi deb so‘raladimi? Suratga ovotganim albatta hijob holatda yuzim va ikki qo‘llarim ochiq holatda.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Shariat talablariga rioya qilib satr bilan bajaring. Vallohu a’lam!
13 May 2022, 20:27 | Savol-javoblar | 174 | Turli savollar
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Shariat talablariga rioya qilib satr bilan bajaring. Vallohu a’lam!
13 May 2022, 20:27 | Savol-javoblar | 174 | Turli savollar