Boshlang‘ich kapital

Assalomu alaykum! Biznesda boshlang‘ich mablag‘ni nojoiz ish (masalan aroq savdosi) orqali topib, keyinchalik tavba qilsa va o‘sha mablag‘ni halol ishga yo‘naltirib boyib ketsa, topilgan pullari halol bo‘ladimi? Nima qilmoq kerak?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! Harom narsaning evaziga olgan yoki harom ishning evaziga olgan masalan zino qilganligi orqasidan yoki xoch yasagani evaziga olgan mollarni sadaqa qilish va o‘sha qilgan ishidan tavba qilishi vojib bo‘ladi. Sadaqa qilishi o‘sha qilgan ishiga kafforat bo‘ladi. Chunki u olingan evazlar nopok haq hisoblanadi va o‘zi foydalanishi ham joiz emas. Sadaqa qilgani bilan sadaqaning savobi olinmay, shariatning “sadaqa qilish kerak” degan amriga bo‘yinsunganligining savobini oladi. Vallohu a’lam!

28 Aprel 2022, 19:11 | Savol-javoblar | 146 | Moliya va tijorat
|
Boshqa savol-javoblar