Chet eldan uskuna keltirib berish evaziga haq olish

Assalomu alaykum, hurmatli Shayx Hazratlari! Men korxonalarga ularning talabiga binoan chet eldan (Xitoydan) uskuna va xom ashyo keltirish bo‘yicha vositachilik qilish bilan shug‘ullanaman. Mening ishim xaridorga aniq tovarni topib berish, uni sotuvchi bilan texnik muhokama qilish, shartnoma tuzish va transportatsiya qilishdan iboratdir. Sotib oluvchidan xizmat haqimni asosan umumiy tovar so‘mmasidan foizda (komissiya) olishga kelishamiz. Ko‘p hollarda Xitoydagi sotuvchi-zavod menga xaridor topib berganim uchun komissiya taklif qilishadi. Shuni aniq bilamanki, xaridor men bilan shartlashayotgan paytda mendan sotuvchidan haq olmaslikka va faqat o‘zidan haq olishlikka kelishgan bo‘lsa va men unga rozi bo‘lib, sotuvchidan ham xaridordan ham haq olsam u aniq harom. Agar shartlashayotganimizda meni sotuvchidan ham haq olish-olmasligim kelishilmagan bo‘lsa va men xaridordan qilgan xizmatlarim uchun va sotuvchidan ham xaridor topib berganim uchun komissiya olsam u halol bo‘ladimi?
Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf rohimahulloh:
Halol bo‘ladi. Chunki sotuvchidan xaridor topib berganingiz uchun, xaridordan unga xizmat qilganingiz uchun pul olmoqdasiz.

26 May 2022, 18:07 | Savol-javoblar | 127 | Turli savollar
|
Boshqa savol-javoblar